Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 18 dekabr, shanba kuni Hindistonga yo‘l oldi. Bu haqida davlat rahbarining matbuot xizmatida xabar berildi.
Davlat tashrifi davomida Atambayev Hindiston prezidenti Pranab Kumar Mukerji, vitse-prezident Muhammad Hamid Ansariy va bosh vazir Narendra Modi bilan uchrashadi. Shuningdek u hind-qirg‘iz biznes-forumida ham qatnashadi.
Tashrif doirasida ikki mamlakat o‘rtasida bir qator hujjatlarning imzolanishi kutilmoqda.
Manbaga ko‘ra, Almazbek Atambayevning Hindistonga tashrifi 21 dekabrga qadar davom etadi.















