Yangi yil bayrami arçalaridan biri Mustaqillik maydoniga örnatilmoqda.
Özbekistonning asosiy Yangi yil arçasi va boş sahna esa avval xabar qilinganidek, «Anhor-Lokomotiv» köngiloçar boği oldidagi maydonga (Labzak mavzesi) örnatilişi işlari olib borilmoqda.

Qariyb 4 gektarlik maydonda bayram arçasi, sahna, bolalar uçun attraksionlar, savdo va ovqatlaniş şoxobçalari bunyod etiladi. Şuningdek, avtotransport vositalarining kirib çiqişi va töxtaş joylari ham belgilanmoqda. Mazkur maydonga boriş yöllarida keng obodonlaştiriş va bayramona bezaş işlari boşlab yuborilgan. Madaniyat va sport işlari vazirligi, tegişli mutasaddi taşkilotlar bayram kunlari bayramona kayfiyat ulaşiş maqsadida yangi teatrlaştirilgan dasturlar ustida iş olib bormoqda.
Bundan taşqari, bayram arçalari Ezgulik maydoni, Al-Xorazmiy dahasidagi Roison Elektronics korxonasi oldi maydoni, Yunusobod tumanidagi Saylgoh maydoni, Şayxontohur tumanidagi Xadra maydoni, Yaşnobod tumanidagi Markaziy ofitserlar uyi (sobiq Aviasozlar saroyi) oldidagi maydon, Sergeli tumanidagi Baxtdiyor guzari maydoni, Mirzo Uluğbek tumanidagi «Lokomotiv» istirohat boği hamda Bektemir tumanidagi «Quyoşça nuri» boği hududlarida örnatiladi.
Şuningdek, «Turkiston» saroyida 29 dekabr kuni kam ta'minlangan oilalarning farzandlari uçun «Prezident arçasi» tantanalari bölib ötadi. Bu konsert dasturi uçun çiptalar tekin.














