Tsunamilardan ogohlantiriş Tinç okeani markazi mutaxassislari Papua-Yangi Gvineya sohillari yaqinida yuz bergan kuçli zilziladan keyin kiritilgan, sunami yuz berişi xavfini bekor qilişdi. 

7,9 magnitudali zilzila Yangi Irlandiya oroli sohillari yaqinida butunjahon vaqti bilan soat 10.51da (Toşkent vaqti bilan 15.51da) qayd qilingan. Uning öçoği 73 km çuqurlikda bölgan. Qurbonlar va vayronagarçiliklar haqida ma'lumot kelib tuşmagan.

"Mavjud ma'lumotlarga köra, sunami xavfi ayni vaqtda ötib ketgan", deb aytildi xabarda.

Papua-Yangi Gvineya "Tinç okeani olovli halqasi" deb ataluvçi yuqori seysmik faollikka ega kuçli tektonik yoriqning bir qismi hisoblanadi. Bu yoriqqa sayyoramizdagi barça zilzilalarning 90 foizi töğri keladi.