Mustaqillik arafasi va istiqlol yillarida qişloq aholisini uy-joyli qiliş masalasi yeçimida uç taraqqiyot bosqiçi közga taşlanadi. Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov öz faoliyatining ilk kunlaridanoq bu muammoni kun tartibiga qöydi hamda uning hayotiy yeçimlarini körsatib berdi. Natijada 1989-1990 yillarda bir yarim milliondan köproq oilaga qöşimça yer ajratildi, 700 ming oilaga tomorqa yerlari berildi. ÖzA şu haqida ma'lumot berdi. 

Ma'lumki, 2009 yildan bu borada rivojlanişning ikkinçi bosqiçi boşlandi: 2009-2016 yillarda mamlakatimiz qişloqlarida namunaviy loyihalar asosida 69,5 mingdan ziyod uy-joy qurildi. Buning natijasida qişloqlardagi 83,5 mingdan ortiq oilaning yaşaş şaroiti yaxşilandi. Şuningdek qişloqlarda yangi muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi şakllandi. 

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning şu yil 21 oktabrdagi «2017-2021 yillarda qişloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş dasturi töğrisida»gi qarori bilan bu yönalişda yangi rivojlaniş bosqiçiga asos solindi. Aholiga yanada qulay imkoniyat va şaroit yaratiş maqsadida arzon, zamonaviy, şinam uy-joylar qurilişi yölga qöyildi.  2017 yilda mamlakatimiz qişloq massivlarida 15 mingta ana şunday turar joy barpo etiladi. Bunda qişloq aholisiga uç tipdagi uy-joylar qurilişi taklif qilinmoqda.

Birinçi tipdagi uylar uç yoki tört yölakli, xöjalik imoratlari va obod hovlilari bölgan ikki-uç qavatli köp kvartirali uylardir. 

Ikkinçi tipdagilar bir qavatli ikki va uç xonali bölib, aholi ziç joylaşgan tumanlarda quriladi. Ularning 2 sotix yer uçastkasiga ega ixçamgina hovlilari böladi. 

Uçinçi tipdagilar 4 sotix yer uçastkasiga ega ikki qavatli, tört xonali uylardir.

Xöş, bu uylarning yaşaş uçun qanday hayotiy afzalliklari bor? Ularning arzonligiga asos nima?

"Avvalo, uylarning narxi yangilangan loyihalar asosida arzonlaşgan, bunda mahalliy xomaşyodan tayyorlangan yangi, sifatli va zamonaviy quriliş materiallaridan foydalaniladi, – deydi «Qişloq quriliş invest» injiniring kompaniyasi boş direktori örinbosari Jahongir Ibrohimov. – 2016 yilda 3-5 xonali namunaviy uy-joylarning örtaça narxlari 175-214 million sömni taşkil qilgan, yangi loyihalardagi turar joylarning örtaça narxi 85 million sömdan 170 million sömgaça bölişi nazarda tutilgan". 

Yana bir afzallik: 2009 yilda qabul qilingan Qişloq joylarda namunaviy loyihalar böyiça yakka tartibda uy-joylar quriş dasturi doirasida uy quruvçining boşlanğiç badali 25 foizni taşkil etgan bölsa, endi köp qavatli va 2 sotixli uy-joylarning boşlanğiç badallari 15 foizni taşkil etadi.