AQŞ prezidenti Barak Obama Oq uyni tark yetganidan söng yaşaydigan uyda katta ta'mirlaş işlari olib borilmoqda. U Vaşingtonning Kalorama tumanida joylaşgan, deb xabar beradi TMZ.

Ma'lum bölişiça, davlat rahbari tomonidan ijaraga olingan “qasr” atrofida yangi tösiqlar qurilmoqda, uyning özida esa elektr ta'minoti tizimi yangilanmoqda. Bundan taşqari, kottejga kiradigan eşikda muşukka möljallangan maxsus teşikça ham paydo böladi.

Işçilar uy yonidagi garajni ham ta'mirlaşi rejalaştirilgan. U yer vannali xonaga ega bölgan iş kabinetiga aylantiriladi.

Avvalroq, Obama tomonidan ijaraga olingan uy mamlakat sobiq prezidenti Bill Klintonning matbuot kotibi Jo Lokxartga tegişli ekani xabar qilingandi. U 1928 yilda qurilgan bölib, töqqizta yotoqxona va sakkizta vannaxonaga ega. 

Zillow köçmas mulk bazasi mutaxassislarining taxminlariga köra, oila uşbu uyni ijaraga oliş uçun bir oyda 22 ming dollardan voz keçişi talab etiladi.