81 kilogrammgacha vazn toifasida final jangiga qadar Ozarbayjon, Qozog‘iston, Belarus vakillarini yengib kelgan Jaloliddin chempionlik uchun hal qiluvchi jangda rossiyalik bokschini ham mag‘lub etdi.
Jaloliddin O‘ktamov Jizzax boks maktabi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, ko‘plab mahalliy va mintaqaviy boks musobaqalarining g‘olibi hisoblanadi.















