AQŞning Anqaradagi elçixonasiga qurollangan odam bostirib kirmoqçi bölgan, biroq politsiyaçilar uni töxtatib, qölga olişga muvaffaq bölişgan. Bu haqda Daily Sabah naşri tvitterda ma'lum qilgan.
Ta'kidlanişiça, elçixona xodimlariga birozdan keyin binoni tark etişga ruxsat berilgan. Politsiya elçixona yaqinidagi hududni kuçaytirilgan nazoratga olgan.
AQŞ Davlat departamenti Turkiyadagi elçixonasi oldida otişma yuz berganini tasdiqlagan.
"Qölida töpponçasi bölgan odam Anqaradagi elçixonamizga kiraveriş oldida bir neça marta öq uzişi vaqtida heç kim jabrlanmagan. Turk politsiyasi bosqinçini qölga olgan va tergov boşlagan. Biz amalga oşirilgan tezkor harakatlarni yuqori baholaymiz", deb aytgan AQŞ Davlat departamenti vakili.
19 dekabrda Anqarada Rossiyaning Turkiyadagi elçisi Andrey Karlovga suiqasd qilingan. Qotil elçiga töpponçadan bir neçta öq uzgan. Elçi olingan oğir jarohatlardan vafot etgan.

















