Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasining raisi özgardi. Bu haqda qömita saytida xabar berilgan.

Saytda ayni vaqtda Davlat bojxona raisi sifatida general-mayor Muidjon Vahoboviç Tohiriy körsatilgan.

DBQ rahbari lavozimida 2011 yildan buyon faoliyat yuritib kelgan Zohid Dusanov Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyuta jinoyatlari va jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş departamenti rahbarligiga ötkazilgan. Dusanov general-mayor Şuhrat Uzoqov örnini egalladi. U 2008-2011 yillarda ham şu lavozimda bölgandi.

RIA Novosti agentligi ma'lumotiga köra, Tohiriy bunga qadar Özbekiston Respublikasining Birinçi prezidenti qöriqlaş xizmati rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

2013 yilga qadar u Islom Karimov xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilgan, unga qadar esa Respublika rahbari davlat maslahatçisi, Milliy Xavfsizlik kengaşi kotibi örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Uning şundan keyingi faoliyati haqida ma'lumot yöq.