Buyuk Britaniya va Daniya geofiziklari Yer yadrosining içki qismida temir oqimi paydo bölganini aniqlaşdi. Uşbu tadqiqotga bağişlangan maqola Nature Geoscience jurnalida çop etilgan.

Temir oqimi Yerning Şimoliy qutbi ostida joylaşgan suyuq taşqi yadrosi içida hosil bölgan. Uning kengligi ayni vaqtda 420 kmni taşkil etadi. Oqim bunday katta ölçamga yetişining sababi 2000 yillardan boşlab yiliga taxminan 40 kmga kengayganidir. 

Geofiziklar taxmin qilişlariça, ular kaşf qilgan temir oqimi Yer magnit maydonini hosil qiluvçi obektlardan biridir. Olimlar öz kuzatuvlarini Swarm missiyasi yordamida amalga oşirgan. Swarm missiyasi Yevropa kosmik agentligining sayyoramiz magnit qobiğini örganuvçi uçta sun'iy yöldoşidan taşkil topgan majmuasidir. 

Yer yadrosining radiusi 3,5 ming kilometrni taşkil etib, mantiya ostida, Yer sathidan 2,9 ming km çuqurlikda joylaşgan. U qalinligi 2,2 ming kilometrni taşkil etuvçi suyuq taşqi qatlam va radiusi 1,2 ming kmga teng qattiq içki yadroga ega.