Rossiya elçisi Andrey Karlovni öldirgan qotil Anqara politsiyasi zobiti bölgan. Bu ma'lumotni Reuters agentligi Turkiya kuçişlatar tuzilmalaridagi manbalariga asoslanib tarqatdi.

NTV telekanali xabariga köra, qotil zamonaviy san'atlar körgazmasi bölib ötayotgan binoga politsiyaçi guvohnomasini körsatgan holda kirgan.

Telekanal ma'lumotiga köra, u qöriqçilar tarkibida bölgan. Şuningdek, uning hujjatlari soxta bölişi mumkinligi ham istisno qilinmayapti.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa uşbu şaxsning politsiya formasida tuşgan suratlari tarqalmoqda.