Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Anqaradan Rossiyaning Turkiyadagi muassasalari xavfsizligi uchun kafolat kutmoqda
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildiki, Anqaradagi qotillik voqeasidan keyin Turkiyadagi rossiyalik diplomatlarni evakuatsiya qilish rejalashtirilgani haqida eshitmagan.
«Bu savolni Tashqi ishlar vazirligiga berish kerak, men bu haqida eshitmadim», — deya uning so‘zlarini keltirgan RIA «Novosti».
Bundan tashqari, Peskov qayd etib o‘tganki, Moskva xorijdagi diplomatik muassasalari himoyasi uchun barcha zarur choralarni ko‘radi. Shu bilan birga, Rossiya tomoni Anqara o‘zining diplomatik missiyalari xavfsizligini uchun kafolat berishini kutmoqda.
«Bizning chegaralardan tashqaridagi diplomatik missiyalarimiz xavfsizligi doimiy ravishda ta'minlab turilishi kerak. Ammo hozir prezident maxsus xizmatlarga va Tashqi ishlar vazirligiga bu qotillikdan keyin qo‘shimcha choralarni ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatma berdi», — degan Kreml vakili.
Bundan oldinroq, Peskov Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovning o‘ldirilishi Suriyada tinchlikni o‘rnatish borasidagi harakatlarga qarshi fitna bo‘lgani haqida aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid
10:36 / 17.04.2026
Kreml OAVga Bonya murojaati mavzusini kengaytirmaslikni buyurdi
20:15 / 05.05.2023
Kremlga dron hujumi ortida Ukraina turgan bo‘lishi mumkin - manba
12:56 / 11.04.2023
ISW: Kreml Yevgeniy Prigojinni obro‘sizlantirishga harakat qilmoqda
16:48 / 09.03.2023