AQŞning eng katta şahri bölgan Nyu-Yorkka joriy yilning 11 oyida 60 milliondan ortiq sayyoh taşrif buyurdi. Megapolis hukumatining xabar berişiça, yil hali tugallanmaganiga qaramay, şu körsatkiçning öziyoq rekord natija hisoblanadi. Ötgan yili Gudzonga 59 milliondan ziyod sayyoh taşrif buyurgan. TASS agentligi şu haqida ma'lum qildi. 

Nyu-York ma'muriyatida ta'kidlanişiça, dunyodagi eng maşhur megapolislardan biriga taşrif buyuruvçi mehmonlar soni yetti yildan beri ketma-ket kamida million nafarga köpaymoqda. 

Megapolis reklamasi bilan şuğullanuvçi NYC & Company taşkiloti rahbari Fred Diksonning sözlariga köra, bu yil şahar mehmonlarini asosan Ozodlik haykali, "Empayr-steyt bilding" osmonöpar binosi, Markaziy park, 2001 yil 11 sentabr teraktlari qurbonlari xotirasiga barpo etilgan memorial va Brodvey teatr şoulari qiziqtirib kelmoqda. 

Sayyohlar nafaqat Manxetten, balki şaharning boşqa joylari - Bruklin, Bronks, Kuins va Steyten-Aylendni ham ziyorat qilişmoqda. 

Nyu-York hukumati taqdim etgan statistikaga köra, joriy yilda şaharga taşrif buyurgan sayyohlarning 80 foizi mamlakatning boşqa ştatlaridan taşrif buyurgan amerikaliklardir. Xorijiy sayyohlarning umumiy soni esa sönggi 11 oyda 12 million kişidan oşdi - bu ham rekord natija sifatida qayd etildi. 

Manbaga köra, taşrif buyurganlar orasida britaniyaliklar köpçilikni taşkil qilgan, ikkinçi örinda Xitoy fuqarolari joylaşgan, ulardan keyingi örinlarda esa - kanadaliklar va braziliyaliklar.