AQŞning öz vazifasini tark etayotgan prezidenti Barak Obama Arktika va Atlantikaning AQŞga tegişli hududlarda neft konlarini özlaştirişga ruxsat bermoqçi emas. U uşbu mintaqalarda şelf burğilaş huquqini sotişni taqiqlaş niyatida. Bu haqda Bloomberg agentligi prezident qarori bilan taniş manbalariga tayangan holda xabar qilmoqda.
Obama öz qarori haqida 20 dekabrdayoq e'lon qilişi mumkin. Manbalarga köra, Kanada ham şunday mazmundagi qarorini şu kuni ma'lum qilişi ehtimol.
Xabar qilinişiça, Atlantika okeani, Çukotka dengizi va Alyaskadan şimolroqdagi Bofort dengizidagi neft konlarida qaziş işlarini olib boriş huquqini sotiş taqiqlanadi.
Qonun bekor qiliş qarorini közda tutmaydi, şu bois yangi prezident Donald Trampning bu qonunni bekor qilişga urinişi bir neça yillik mahkama jarayonlariga sabab bölişi mumkin, deb xabar qilmoqda agentlik.













