AQŞ Yaponiyaning eng janubiy prefekturasi Okinava ma'muriyatiga şu nomdagi orolning bir qismini qaytarib berişga tayyor ekanligini ma'lum qildi. U yerda amerika harbiy obektlari joylaşgan. Okinavadagi amerika kontingentining rasmiy bayonotiga köra, bunga kerakli bölgan barça jarayon yakuniga yetkazilgan.
"Okinavadagi maşğulotlar poligonini qisqartiriş bizning Yaponiya hukumati va özini-özi mudofaa qiliş kuçlari bilan hamkorlikda iş olib borişimizga ta'sir körsatmaydi", - deya AQŞning Okinavadagi kontingenti qömondoni Lourens Nikolsonning sözlarini keltiradi Kyodo agentligi. Uning ta'kidlaşiça, AQŞ kelajakda Yaponiyaga harbiy bazalarni joylaştirişga möljallangan yerlarni qaytarib beriş siyosatini davom ettiradi.
Ma'lumotlarga köra, qaytariladigan hududlar Kunigami va Xigasi qişloqlari orasidagi tört ming gektarlik yerdan iborat. Bu joylar umumiy maydoni 7,8 ming gektar bölgan şimoliy maşğulot poligoni tarkibiga kiradi.
Hududlarni qaytariş haqidagi bitim 1996 yilda imzolangan, biroq 2002 yilda uni amalga oşiriş jarayoni noma'lum muddatga qoldirildi. Hujjatga köra, Yaponiya şimoliy maşğulot poligonida AQŞ qurolli kuçlariga möljallangan oltita vertolyot maydonçalarini qurib berişi kerak. Ayni damda esa ulardan faqat ikkitasi tayyor, qolgan obektlarni quriş keyingi yilning yozidan boşlanadi.
Ma'lumot uçun, Okinava oroli ustidan nazorat AQŞga Ikki jahon uruşidan söng ötgan. Yaponiya 1972 yilda Okinavani qaytardi, biroq bu janubiy orol AQŞning şarqiy Osiyodagi harbiy amaliyotga tayyorgarlik köriladigan maydoni bölib qolaverdi.













