Foto: theweek.com

AQŞning The Week jurnali özining yangi soni muqovasida bir neçta taniqli odamlar, jumladan Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQŞning bölğusi prezidenti Donald Tramp tasvirlangan karikaturani joylaştirdi.

Jurnal muqovasida ta'kidlanişiça, jurnalning uşbu soni mavzusi 2016 yil şaxslariga bağişlangan. Hajviy suratda Tramp taxtda ötirgan holda tasvirlangan. Suratda, şuningdek, bölğusi vitse-prezident Mayk Pens Trampning boşiga toj kiygazmoqda, Xillari Klinton esa divanda boşini uşlagança yotibdi, FQB direktori Jyeyms Komi esa "menda ayb yöq" degandek alfozda turibdi. Şuningdek, demokratlardan prezidentlikka nomzod bölgan Berni Sanders, AQŞning amaldagi va bölğusi birinçi xonimlari Mişel Obama va Melanya Tramp tasvirlangan.

Hajviy suratning yana bir e'tiborli jihati şundaki, orqa planda Rossiya Vladimir Putin noutbuk bilan ötiribdi. Körinişiça, surat muallifi şu tariqa 2016 yilda keng tarqalgan, göyoki rossiyalik xakerlarning AQŞdagi saylovoldi kampaniyasiga aralaşuvi haqidagi miş-mişlarni hajv qilmoqçi bölgan.   

Jurnal 23 dekabrda bosiladi.