Şu yilning 26 dekabrida Tojikiston poytaxti Duşanbe şahrida Özbekiston-Tojikiston hukumatlararo komissiyasining majlisi bölib ötadi. Unda komissiya hamraislari Özbekiston Boş vaziri örinbosari Rustam Azimov va Tojikiston Boş vaziri birinçi örinbosari Davlatali Said rahbarligidagi delegatsiyalar muzokaralar olib boradi, deb xabar qilmoqda news.tj sayti.  

Duşanbe uçraşuvida, tomonlar ikki mamlakat örtasida 2000 yil sentabridan joriy qilingan viza tartibini yumşatiş masalasini ham muhokama qilişlari mumkin. Şu bilan birga, kelasi yil boşidan yölga qöyilişi rejalaştirilgan Duşanbe-Toşkent-Duşanbe aviaqatnovlari yölovçilariga vizalarni bevosita aeroportlarning özida taqdim etiş masalasi ham körib çiqiladi. 

Şu kabi yengilliklarni nazarda tutuvçi kelişuv hukumatlararo komissiya yiğilişi sönggida imzolanişi kutilmoqda, deya ma'lum qilgan «AP» agentligining Tojikiston hukumatidagi manbasi. 

Uning sözlariga köra, kelişuv imzolanişidan keyin, ikki davlat poytaxtlari örtasidagi aviaqatnovlar muddati va aviaçiptalar narxiga ham oydinlik kiritiladi. 

Duşanbe va Toşkent şaharlari örtasidagi aviaparvozlar 1992 yilda, Tojikistonda fuqarolik uruşi boşlanganidan söng, töxtatilgan edi. 

Bundan taşqari, komissiya majlisida, ikki davlat örtasida temir yöl va avtobus qatnovini ham tiklaş masalasi körib çiqilişi mumkin. Qayd etilişiça, Toşkent kelasi yil boşida Duşanbe şahrida Özbekistonda işlab çiqariladigan mahsulotlarning ulkan körgazmasini taşkil etişni rejalaştirmoqda. Körgazma yakunida, özbek-tojik işbilarmon doiralarining birinçi biznes-forumini ham ötkaziş belgilangan.