Facebook ijtimoiy tarmoği WhatsApp messenjerini sotib oliş böyiça bitimning körib çiqilişida notöğri axborot taqdim qilgan bölişi mumkin, deb aytilmoqda Yevrokomissiya xabarida. Yevrokomissiya bu masala böyiça öz e'tirozlarini kompaniyaga yubordi. 

"Facebook’da 2017 yil 31 yanvargaça bizning dastlabki xavotirlarimizga javob beriş uçun vaqt bor", deb aytdi jurnalistlarga YeKning matbuot xizmati vakili.

Uning aytişiça, agar xavotirlar tasdiqlansa, kompaniya jarimaga tortilişi mumkin.

YeKning fikriça, Facebook YeK tomonidan WhatsApp sotib olinişi böyiça bitimni körib çiqayotganda "notöğri yoki çalğituvçi ma'lumotni taqdim qilgan" bölişi mumkin.

2014 yil oktabrda Facebook WhatsApp’ni 19 mlrd dollarga sotib olgan. YeK bu bitimga ruxsat bergan. Komissiyaning ta'kidlaşiça, joriy tergov YeKning messenjerni sotib oliş böyiça qaroriga ta'sir qilmaydi.