Facebook tomonidan ishlab chiqilgan uchuvchisiz uchar qurilma halokatga uchragani ma'lum bo‘ldi

Foto: EPA
Amerikaning Facebook kompaniyasiga qarashli Aquila tajribaviy uchuvchisiz uchar qurilmasi o‘tgan yozdagi sinov parvozi vaqtida halokatga uchradi. Bunga kuchli shamol sabab bo‘lgan – u qanotlarga zarar yetkazdi. Bu haqda transportdagi xavfsizlik bo‘yicha Milliy boshqarma xabar berdi. Mahkama bu holat borasidagi tekshiruv natijalariga bag‘ishlangan hisobotni taqdim etgan. Facebook asoschilaridan biri Mark Tsukerberg esa iyulda qurilma sinovlari omadli ravishda o‘tkazilgani haqida ma'lum qilgandi. U quyosh quvvati yordamida ishlaydi hamda uzoq tumanlarda yashovchi aholiga internetga ulanish imkonini beradi.
Boshqarma hisobotiga ko‘ra, hodisa 28 iyun kuni Arizona shtatidagi tajribalar davomida ro‘y bergan. Aquila yer yuzasidan olti metr balandlikda soniyasiga 12,9 metr tezlikda harakatlangan. "Uskuna tezlikni o‘zgartirib, bir tomonga og‘ib ketgan. Bu girdobli harakat oqibatida ro‘y berdi", - deya xulosa qilishgan tekshiruvchilar. Ularning ma'lumotiga ko‘ra, uchar qurilmaga "jiddiy zarar" yetgan, biroq yerda hech kim jabrlanmagan.
Tsukerberg 22 iyul kuni kompaniya muhandislari ushbu loyiha ustida ikki yil ish olib borishgani haqida xabar bergandi. Qurilma atigi bir necha yuz masofani bosib o‘tgan.
Aquila’ning qanotlari Boeing 737 samolyotiga o‘xshash bo‘lib, og‘irligi atigi 450 kilogramm keladi. Qurilma "uchar qanot" aerodinamik sxemasi asosida yaratilgan va to‘rtta parrak bilan jihozlangan. Aquila 18 kilometr balandlikda parvoz qilishi hamda lazer nuri yordamida foydalanuvchilarning internetga ulanishlariga yordam beradi.
So‘nggi yangiliklar
-
“Ta’limga kirayotganimda jamiyatning bunaqa og‘ir ahvoldaligini bilmagandim” – xususiy ta’lim haqida
Jamiyat | 18:34
-
Yevropa Ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qildi
Jahon | 18:19
-
IIO xodimi qonuniy talabini bajarmaganlik uchun jarima miqdori oshiriladi
O‘zbekiston | 18:11
-
Toshkent viloyatida 40 ta mikro GES quriladi
O‘zbekiston | 17:35
Mavzuga oid

08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi

12:02 / 09.01.2025
«Xavf bo‘lmay turganda erkinlikni qo‘llab-quvvatlayman, deyish oson» - Durov Tsukerbergning bayonoti haqida

20:42 / 17.12.2024
Irlandiya regulyatori Meta kompaniyasini 251 mln yevro jarimaga tortdi

19:05 / 12.12.2024