Rossiyaning Irkutsk viloyati soğliqni saqlaş vazirligi vakili Tatyana Şkurskayaning bayonot berişiça, «Boyarişnik» eritmasidan yana ikki kişi hayotdan köz yumgan. Şu bilan uşbu eritmadan zaharlanib halok bölganlarning umumiy soni 60 nafarga yetdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
«Mahalliy vaqt bilan soat 13:00da şifoxonalarda 40 kişi davolanmoqda, beş bemorga javob berilgan, ölim holati — 60 nafar», — degan Şkurskaya.
Avvalroq, huquq-tartibot idoralari Irkutskda «Boyarişnik» eritmasi bilan zaharlaniş holati böyiça jinoiy iş qözğatgan va 11 kişini hibsga olgan edi.
Ötgan dam oliş kunlari Irkutskda dölananing qölbola spirtli eritmasidan ommaviy zaharlaniş holati qayd etilgandi.












