Kolumbiyada Puerto-Karreno şahri aeroportida uçiş vaqtida Boeing 727 yuk samolyoti falokatga uçradi, deb xabar bermoqda El Tiempo naşri.
Ta'kidlanişiça, samolyot Aerosucre aviakompaniyasiga tegişli bölgan va Bogotaga yöl olayotgan bölgan.
Laynyor bortida ekipajning 6 a'zosi bölgan, ulardan 3 nafari halok bölgan. Ikki kişi jarohat olgan, yana bir kişi hali topilmagan.
Ayni vaqtda falokat sabablari noma'lum. Naşr ma'lumotlariga köra, voqea joyida yonğin çiqqan, u yerga qutqaruvçilar jönatilgan.












