Bugungi kunda istiqomat qilib turganimiz, 21-asr texnologiyalar asri deyilişiga heç kim şubha qilmaydi. Şu bilan birga, bu asr tezlik, internet va axborot asri hamdir. Buni isbotlaşga ham vaqt sarflaşning hojati yöq. Turmuşimizning har bir jabhasiga internet bilan boğliq amaliyotlar katta sur'atda kirib kelmoqda.
Xususan, Özbekiston hukumati tomonidan axborot texnologiyalarni jadal rivojlantiriş, hukumat boşqaruvida internet bilan boğliq bölgan «elektron hukumat», «virtual qabulxona» kabi xizmatlarning joriy etilişi fikrimiz isbotidir. Şu bilan birga, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya tuzilmalarini yanada rivojlantiriş hukumatning asosiy e'tiborida bölmoqda.
Ammo,…afsuski, şu örinda, respublikamizda internetga ulaniş böyiça provayderlik xizmatini taklif qilayotgan firma va kompaniyalar, xususan, yurtimizdagi eng yirik, ta'bir joiz bölsa, internet xizmati va telekommunikatsiya sohasida monopoliya darajasidagi «Özbektelekom» kompaniyasining uşbu sohadagi faoliyati sifat darajasida emasligi, uşbu kompaniyada mijoz bilan işlaş, uning talablarini e'tiborga oliş, boz ustiga şartnoma şartlariga oğişmay amal qiliş töğri yölga qöyilmagani har bir mijozning xunobi çiqişiga, asabi buzilişiga sabab bölmoqda.
«Özbektelekom» kompaniyasining «Uzonline» internet provayderlik xizmati mutasaddilari bozor talablari asosida mehnatni taşkil qila olmayotgani isbot talab qilinmaydigan aksioma darajasiga kötarilgan, desam mubolağa bölmasa kerak. Balki, şuning uçun ham, respublikadagi internet tezligi, yetakçi reyting agentliklari tomonidan tuzilgan jahon mamlakatlaridagi internet tezligiga doir tadqiqotlarda oxirgi beşlikka kiritilar?! Töğri, uşbu kompaniya internetga ulaniş böyiça bir neça xil tariflarni taklif qiladi. Çöntak va ehtiyojingizdan kelib çiqqan holda, ulardan istalganini tanlaşingiz mumkin. Bu borada hammasi köngildagidek, göyo.
Biroq, barçasi internet xizmati böyiça şartnomani imzolaşdan söng boşlanişiga şay bölib turişni tavsiya qilaman. Çunki, «Uzonline» internet provayderlik xizmati mijoz bilan tuzilgan şartnomani şunçaki xöjakörsinga imzolangan bir parça qoğoz sifatida qabul qiladigan körinadi. Aksi bölganida, har bir tarifda belgilangan va soniyasiga falongaça kafolatlangan tezlikni ta'minlaş bir yoqda tursin, heç bölmaganida, uning yarmini taqdim etgan bölardi.
Agar siz, «Uzonline» mijozi bölsangiz, hozirda, turli xil internet tezligini ölçaşning imkonini beruvçi ilovalarning biridan foydalangan holda tarif böyiça belgilangan tezlikni ölçab körişingiz mumkin. Masalan, mening işim, oilamni boqişim şu qurğur internet bilan çambarças boğliq.













