AQSh prezidenti Barak Obama Arktika va Atlantikaning sohilbo‘yi hududlaridagi neft va gaz konlarini o‘zlashtirishga taqiq o‘rnatdi. Bu haqda, Oq uy sayti xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, ushbu taqiq Kanada hukumati bilan hamkorlikda joriy qilingan.
Oq uy bayonotida aytilishicha, AQSh o‘zining Tinch va Atlantika okeanidagi hududlarini taqiqlangan hududlarga aylantirgan. O‘z navbatida, Kanada Arktika suvlaridagi hududlarida neft va gazni qazib olishga yo‘l qo‘ymaydi.
Bundan tashqari, bayonotga ko‘ra, ushbu qaror har besh yilda qayta ko‘rib chiqiladi.

















