Olmaotada öğri özi öğirlagan iPhone’ni uning egasidan muloyim xabar olgandan keyin unga qaytarib bergan. Jabrdiyda şahardagi bir neçta restoranlar direktori, taniqli tadbirkor Kuaniş Şönbay bölgan. U özi bilan yuz bergan bu noodatiy hodisa haqida Tenginews.kz naşri muxbiriga sözlab berdi.
"Men döstlarim bilan kompyuter klubida öynab ötirib, öyinga çalğib ketdim. Telefonim divanda mening öng tomonimda yotgandi. Körinişiça, öğri bundan foydalanib telefonimni öğirlab ketgan. Telefon öğirlab ketilganini bilişim bilan kuzatuv kamerasidagi videoni körib çiqdim. Söngra " iPhone’ni topiş" funksiyasida "Hurmatli öğri, menda sen qayd qilingan video bor. Iltimos menga telefonimni qaytib ber. Uni mening istalgan restoranimdan birida qoldirib ketişing mumkin", deb yozdim. Söngra öğirlik haqida politsiyaga ariza berdim", deb voqeani sözlab berdi tadbirkor.
Ertasiga restoratorga öğrining qarindoşlari çiqib, voqea uçun undan uzr söraşgan. Ular telefonni egasiga qaytarib berişgan. "Endi arizamni qaytib olmoqçiman, men uni keçirdim", deb aytgan Şönbay.
Apple qurilmalarida uni izlovçi funksiya mavjud. Öğirlangan iPhone’ni xarita orqali topiş mumkin.












