Misr hukumati Signal messenjerini mamlakat içkarisida tösib qöydi. Uşbu qisqa xabarlar ilovasi, Amerika maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snoudenning fikriça, turdoş ilovalarga qaraganda yaxşiroq himoyalangandir, deb xabar bermoqda Engadget.
Misr foydalanuvçilarining uşbu ilova işlamayotgani haqidagi ilk xabarlar ötgan hafta oxirlarida paydo bölgan.
Signal ilovasi işlab çiquvçilari Twitter sahifasida xizmatning çegaralanganini tan olişdi. «Biz ötgan hafta oxirida tadqiqot ötkazdik va Misr Signal ilovasiga nisbatan senzura qöllaganini aniqladik», — deyiladi xabarda.
Ayni vaqtda, messenjer işlab çiqaruvçilari taqiqni aylanib ötiş ustida işlaşmoqda. Ular yaqin haftalarda bu muammoning yeçimini taqdim qilişmoqçi.












