Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rustam Azimov Janubiy Koreya moliya vaziri bilan uchrashdi
Seulda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov va Janubiy Koreya moliya vaziri Yu Il Xoning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga kelishib olishdi, deb xabar beradi Yonhap axborot agentligi.
«O‘zbekiston va Koreya energetika, xom-ashyo sohasidagi o‘zaro aloqalarni kuchaytiradi, shuningdek sanoat bo‘yicha sheriklikni mustahkamlaydi», - deya aytib o‘tdi Yu Il Xo.
Bundan tashqari, tomonlar Janubiy Koreya kompaniyalarining Toshkentdagi loyihalarda ishtirokini kengaytirish yuzasidan ham fikr almashganlar. Ular orasida aeroportning yangi terminali qurilishi ham bor. Seul bu loyihalarni davlat jamg‘armalaridan qo‘llab-quvvatlaydi, deb ta'kidlab o‘tgan koreyalik vazir.
Koreya tomoni ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda o‘zaro savdo hajmi 1,3 milliard dollarni tashkil etdi.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026