Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kengaşining navbatdan taşqari Majlisi bölib ötdi.

Yiğilişda taşkiliy masala körilgan. “Jizzax akkumulyator zavodi” AJ Boş direktori lavozimida işlab kelayotgan Rafikov Qudratilla Mirsagatoviç Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi raisi etib saylandi.

Rafikov Qudratilla 1993-1998 yillarda Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kengaşi raisi muovini, 1998 yildan 2003 yilgaça Jizzax viloyati kasaba uyuşmalari Kengaşi raisi lavozimida faoliyat körsatgan.

Yiğilişda Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatçisi Davron Nazarmuhammedov iştirok etgani xabar qilindi.

Eslatib ötamiz, 2010 yildan Federatsiya raisi lavozimida işlab kelgan Narbayeva Tanzila Kamalovna 2016 yil 14 dekabrda Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari – Xotin-qizlar qömitasi raisi lavozimiga tasdiqlangandi.