YouTube-bloger Keysi Neystat odam vaznini kötara oladigan dron yasadi va u yordamida snoubordda uçdi. Şundan keyin Neystat suratga oliş işlari olib borilgan toğ-çanği majmuasi ustidan dronda bir neça marta uçib ötdi.
2016 yil yanvarda Neystat avtomobil yordamida çanğilarda qor bilan qoplangan Nyu-Yorkda uçgandan keyin yangiliklarda paydo bölgandi. Şundan keyin unga CNN kanali e'tibor qaratib, kanalning onlayn-bölimini rivojlantirişga taklif qilgan. Neystat va CNN 2017 yil boşidan hamkorlik qila boşlaydi.
Biroq buning uçun CNN blogerning original kanali yopilişini şart qilib qöygan. Avval Neystat bu kanalda veloyölkalarning xavfsiz emasligining isbotlaridan boşlab Nike kompaniyasi hisobiga dunyo böylab sayohati haqidagi hisobot körinişidagi turli videolarni yuklagan.











