Özbekiston Içki işlar vazirligining sobiq rahbari general-polkovnik Almatov Zokirjon Almatoviç Korrupsiyaga qarşi komissiya raisi etib tayinlandi. Bu haqda bir neça manbalar xabar berdi.
Eslatib ötamiz, 13 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinçi yalpi majlisida «Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida»gi qonun körib çiqilgan, yakunda korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça respublika va hududiy idoralararo komissiyalar taşkil etilişi ma'lum qilingandi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisidagi qonun hali kuçga kirmadi, uşbu qonunda komissiya tuziş belgilangan. Ya'ni, Almatov hali tuzilmagan komissiyaga oldindan rais etib tayinlangan.
Zokirjon Almatov Toşkent şahrida 1949 yilda tuğilgan. Içki işlar organlarida 1971 yildan beri xizmat qilgan. 1991 yil 16 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Içki işlar vaziri etib tayinlangan. 2005 yilda esa iste'foga çiqarilgan.











