Tennisçi Xuan-Martin del Potro Argentinada yil sportçisi deb topilib, "Olimpiya-de-Oro" mukofoti bilan taqdirlandi.
Bu mukofot sport jurnalistlari orasida ötkazilgan sörov yakunlariga köra yilning eng yaxşisi deb topilgan sportçiga topşiriladi. Del Potro bu mukofotga ikkinçi marta ega bölmoqda. 2016 yilda u Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada kumuş medal oldi, şuningdek jamoa bahslarida Devis Kubogini qölga kiritdi.

"Messi ham bu mukofotga loyiq edi. U bu yilda aqlbovar qilmas işlarni amalga oşirdi. Ehtimol, men bu mukofotni olganim adolatsizlik hamdir. Ammo bilamanki, biz hammamiz mamlakatimiz uçun qöldan kelgan barça işni qilamiz", deya del Potroning sözlarini keltirgan La Nacion.
Ovoz beriş natijalariga köra del Potro milliy terma jamoa hujumçisi Lionel Messini ortda qoldirgan.
Eslatib ötamiz, Messi JÇ-2018 saralaşi doirasidagi oxirgi uçraşuvdan keyin terma jamoa futbolçilari bilan birga jurnalistlar qarşisida çiqqan va bundan keyin terma jamoa futbolçilarining heç biri jurnalistlar bilan gaplaşmasligi haqida e'lon qilgandi.












