Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Rossiyaning Turkiyadagi elçisi Andrey Karlovni otib öldirgan Mard Oltintoş turk muxolifatçisi Fathulla Gulen (FETO taşkiloti) tarafdorlari bilan boğliq bölgan, deb ma'lum qildi Reuters axborot agentligi. 

"U FETO tarmoği a'zosi bölganini yaşirişga sabab yöq. Uning barça aloqalari FETOga körsatmoqda", deb aytgan Erdöğan.  

Erdöğan dastlabki xulosalar qotilning xorijda aloqalari bölganini körsatayotganini qöşimça qildi. Biroq Erdöğan tafsilotlarga berilib ötirmadi.

Turk OAV qotilning mehmonxonadagi xonasi tintuv qilinganda "Al-Qoida" terrorçilik guruhi va FETO taşkiloti haqida kitoblar topilganini ma'lum qilgandi.