31 dekabrga ham bir neça kun qoldi. Biz esa yakuniga yetayotgan yilda röy bergan eng muhim voqealarni fotosuratlar yordamida bir yerga jamlaşni ma'qul topdik. Ular orasida – AQŞ prezidentligiga saylovlar va Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan çiqişi haqidagi referendum, qoçqin va muhojirlarning hayoti, Olimpiya öyinlari va futbol böyiça Yevropa çempionati kabi hodisalar aks etgan tasvirlar bor.
Foto Atlantic.
Robin Roy AQŞ prezidentligiga Respublikaçilar partiyasidan nomzod Donald Trampni körganidan juda xursandligi bilinib turibdi. Louell şahri, Massaçusets, 4 yanvar.
Foto «Gazeta.ru».
Moskvadagi Tretyakov galereyasida rassom Valentin Serov işlariga bağişlab oçilgan körgazmaga kiriş uçun navbat.
Facebook asosçisi Mark Tsukerberg va jurnalistlar Butunjahon mobil kongressida Gear VR virtual reallik közoynaklarida. Barselona. 22 fevral.
Aktyor Leonardo Di Kaprio ilk bora «Oskar» mukofotiga loyiq topildi. 28 fevral.
Foto AFP.
Norozilik namoyişi iştirokçilari Braziliya prezidenti Dilma Rusef iste'fosini talab qilişmoqda. San-Paulu. 13 mart.
Foto AFP.
Qoçqin va muhojirlar özlari uçun yopib qöyilgan Makedoniyaga boriş maqsadida Gretsiyadagi Idomeni qişloğida daryodan ötişmoqda. 14 mart.
Mavzuga oid
Foto Atlantic.
AQŞ prezidenti Barak Obama va uning oilasi bortida bölgan samolyot Kuba poytaxti – Havana ustidan uçib ötmoqda. Bu AQŞ rahbarining mamlakatga sönggi 88 yildagi birinçi rasmiy taşrifidir. 20 mart.
Foto AFP.
Suriyalik köngillilar va qutqaruvçilar Halabdagi vayron bölgan binodan bolani olib çiqişmoqda. 28 aprel.
Liviya qirğoqlarida muhojirlar bölgan hamda ağdarilib ketgan kema çökmoqda. 25 may.
Özbek xalqi özining atoqli farzandi, jamoat va davlat arbobi, şoir va dramaturg Erkin Vohidovdan ayrildi. 2016 yil 30 may.
Foto Reuters.
IŞID jangarilaridan ozod qilingan ayol niqobini yeçmoqda. Manbij, Suriya, 9 iyun.
Foto Reuters.
AQŞning Luisvill şahrida boksçi Muhammad Ali bilan vidolaşuv. AQŞ. 10 iyun.
Foto Reuters.
Londonda gvardiyaçi askar qiroliça Yelizavetaning tavallud kuniga bağişlangan har yilgi marosimda huşidan ketib qoldi. Qiroliça esa 90 yoşga kirdi. 11 iyun.
Foto Associated Press.
Dallasdagi tartibsizliklar. Bu yerda 8 iyulga ötar keçasi beş nafar politsiyaçi otib öldirildi.
Foto Reuters.
Yyeşia Evans afroamerikalik Alton Sterling politsiyaçi tomonidan otib öldirilgandan söng norozilik aksiyasida. Baton Ruj, Luiziana ştati, 9 iyul.
Foto AFP.
Parijdagi Eyfel minorasi yonida örnatilgan katta ekranda futbol böyiça Yevropa çempionatining Portugaliya va Fransiya örtasidagi final uçraşuvi translyatsiya qilinmoqda. 10 iyul.
Foto AFP.
Devid Kemeron Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan ajralib çiqişi haqidagi referendum natijalari e'lon qilingaç, oilasi bilan Dauning-stritdagi qarorgohni tark etmoqda. 13 iyul.
Foto AFP.
Turkiya prezidenti Rejyep Toyyib Erdöğan harbiy töntarişga uriniş vaqtida halok bölgan kişilarning dafn marosimidan söng. 17 iyul.
Foto AFP.
Kişilar Nitstsa sohilida röy bergan terakt qurbonlarini yodga oliş uçun yiğilişdi. Bu yerda yuk maşinasi haydovçisi 14 iyul kuni Bastiliya egallangan kun munosabati bilan uyuştirilgan muşakbozlikni köriş uçun yiğilgan kişilarga borib urildi. 17 iyul.
Foto AFP.
AQŞ prezidenti Barak Obama Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Hillari Klinton bilan. Filadelfiyadagi Demokratik partiya qurultoyida. 27 iyul.
Foto AFP.
Fotosuratçi Palmiradagi Baal ibodatxonasi tasvirlangan öz suratini IŞID jangarilari tomonidan 2015 yilda buzib taşlangan vayronalar fonida uşlab turibdi.
Italiyaning Amatriçe şahri fuqarolari kuçli zilzila qurbonlarini vayronalar tagidan izlaşmoqda. 24 avgust.
Özbekiston Milliy Olimpiya va Paralimpiya terma jamoalari Rio-2016 Olimpiada va Paralimpiada musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnaşib, milliy rekord örnatişdi. 2016 yil, avgust-sentabr oylari.
2016 yil 2 sentabr kuni mustaqil Özbekiston Respublikasi fuqarolari yana bir oğir musibatga uçradi. Şu kuni Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov olamdan ötdi. U 2016 yil 3 sentabrda Samarqand şahrida dafn etildi.
Tailand qiroli Pxumipon Adulyadetning suratini kötarib olgan ayol monarx ölimidan qayğuda. 14 oktabr.
Özbekiston Respublikasi madhiyasining muallifi, atoqli jamoat va davlat arbobi, şoir Abdulla Oripov 2016 yil 5 noyabrda AQŞning Xyuston şahrida vafot etdi. Dafn marosimi Toşkent şahrida bölib ötdi.
Foto Reuters.
AQŞ rahbari Barak Obama va mamlakatning saylangan prezidenti Donald Tramp Oq uydagi suhbatdan söng. 10 noyabr.
Foto AP.
Nyu-Yorkdagi Tramp-tauer binosi qarşisida AQŞning saylangan prezidenti Donald Trampga qarşi norozilik namoyişi. 12 noyabr.
Foto AP.
Kuba harbiy xizmatçilari davlatning sobiq yetakçisi Fidel Kastroning jasad kuli solingan urna Santa-Klara köçalaridan olib ötilgandan söng. 1 dekabr.
Foto: ÖzA
2016 yil 4 dekabr. Özbekiston Respublikasi prezidentligi uçun oşkora va demokratik tamoyillar, xalqaro huquq me'yorlariga rioya qilingan holda prezidentlik saylovi bölib ötdi.
Foto: Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati
2016 yil 14 dekabr kuni Özbekistonning yangi saylangan Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qöşma majlisida tantanali ravişda qasamyod qilib, öz lavozimini bajarişga kirişdi.
Foto AP.
Rossiyaning Turkiyadagi elçisi Andrey Karlovni otib öldirgan Mert Oltintoş. 19 dekabr.