Hindistonning "Hind milliy kongressi" muxolif partiyasi yetakçisi Raxul Gandi Hindiston boş vaziri  Narendra Modini Gujorot ştati vaziri bölganda pora olganlikda ayblamoqda. Bu haqda Times of India naşri yozmoqda.

Gandi Modi Sahara Group kompaniyasidan bir neça marotaba "otkat"lar olganini aytdi. Uning aytişiça, Modining poralar olgani haqidagi yozuvlar Hindiston soliq departamenti ixtiyorida mavjud. Departament Modi tomondan korrupsiyaga yöl qöyilganini tasdiqlovçi bu hujjatlarni 2014 yilda Sahara Group va Aditya Birla Group kompaniyalarida tekşiruvlar ötkazganda qölga kiritgan.

Biroq Gandining aytişiça, ular Modiga nisbatan heç qanday çoralar körişmayapti. Muxolif partiya yetakçisi mustaqil tergov ötkazişni talab qilmoqda.

Modi a'zo bölgan Hind milliy partiyasida Gandi saylovlarda yutqazgandan keyin asossiz gaplar aytmoqda, degan fikrga kelingan.

Dekabrda Modi AQŞning Time jurnali talqiniga köra "Yil odami" deb topilgandi.