4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatuhu

Janobi Oliylari!

Siz, Janobi Oliylariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabriklarimni yo‘llashdan behad mamnunman.

Sizga shu munosabat bilan o‘z nomimdan, Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi xalqi va hukumati nomidan eng ezgu tilaklarimni bildiraman. Mamlakatlarimiz va xalqlarimizning umumiy manfaati yo‘lida davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar va hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, islom hamjamiyatiga xizmat qilish va butun dunyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga tayyor ekanimizni tasdiqlayman.

Janobi Oliylari, Sizga mustahkam sihat-salomatlik, O‘zbekiston xalqiga ulkan muvaffaqiyatlar va farovonlik tilayman.

Abdulloh II bin al-Husayn,

Iordaniya Podshohi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatuhu

Janobi Oliylari!

Sizga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishganingiz munosabati bilan o‘zimning samimiy tabriklarimni yo‘llash menga behad mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Sizga mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman, kelajakda do‘stligimiz va hamkorligimiz yanada mustahkamlanishiga umid qilaman.

Ezgu tilaklar bilan,

Hoji Hassanal Bolkiyah,

Bruney Dorussalom Sultoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga