Şimoliy Koreya NATOning Pxenyandan öz raketa-yadro dasturini töxtatişga çaqirgan bayonotiga rad javobini qaytardi. Bu haqda Markaziy Telegraf agentligi xabar bergan.

KXDRdagilar NATOning rasmiy vazifasi Şimoliy Atlantika hududida xavfsizlikni ta'minlaş bölgani holda, Koreya yarim orolidagi vaziyatga "burnini tiqişi"dan taajjubga tuşmoqda.

Pxenyandagilarning qayd etişiça, bunday talabni ilgari suriş orqali "NATO bu harbiy-siyosiy blok AQŞning qöğirçoği" ekanini bildirib qöydi.

Bundan taşqari, KXDR rahbariyatidagilar bu taşkilot Janubiy Koreyada sönggi kunlarini ötayotgan Pak Kin Xe rejimiga xizmat qiladi degan fikrda.

Markaziy Telegraf agentligi ma'lumotiga köra, NATO alyansi rahbariyati 15 dekabr kungi yiğilişida KXDRning raketa-yadro dasturini qoralab çiqqandi. Bayonotda Pxenyan bu sohada «BMT Xavfsizlik kengaşi belgilagan xalqaro normalarni buzayotgani» qayd etilgandi.

Şu yilning 6 yanvar kunida Şimoliy Koreya markaziy televideniyesi KXDR mamlakat şimoli-şarqida vodorod bombasini muvaffaqiyatli tarzda sinovdan ötkazganini xabar qilgandi. 7 fevral kuni esa  Şimoliy Koreya raketa taşuvçisi sun'iy yöldoşni orbitaga olib çiqqani ma'lum qilindi.

Şundan söng, BMT Xavfsizlik kengaşi KXDR tomonidan yadro sinovi ötkazilişiga nisbatan rezolyutsiya böyiça javob çoralarini qölladi.

Rasmiy Pxenyan yadro sinovlari ötkazişini AQŞning agressiv siyosatidan mudofaalaniş sifatida baholaydi. Raketa taşuvçisi uçirilişini esa kosmosni tinç örganiş sifatida tuşuntiradi.