Toşkent irrigatsiya va melioratsiya instituti rektori Muhammadxon Hamidovning virtual qabulxonasi iş boşladi.
«Sizda hal etilmagan masalalar/muammolar, ariza, şikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni töğridan-töğri Toşkent irrigatsiya va melioratsiya instituti rektoriga 2 xil usulda: qönğiroq qiliş yoki murojaat yöllaş orqali yuborişingiz mumkin», — deyiladi virtual qabulxonada joylaştirilgan e'londa.
Murojaatlar kunu tun onlayn tartibda qabul qilinadi. Qönğiroqlarni (0371) 217-19-36 raqamli «Işonç telefoni» orqali amalga oşiriş mumkin.
Institutning tiim.uz elektron manzilida joylaşgan uşbu qabulxonaga muassasa faoliyati bilan boğliq har qanday murojaat onlayn rejimida kunu-tun qabul qilinadi. Bu yangilik institut talabalari va öqituvçilari hamda xodimlariga yetkazilgan.
Virtual qabulxona sayti nafaqat murojaatlar jönatiş, balki ularning bajarilişini kuzatib boriş imkonini ham beradi. Şuningdek, sörovlarga ham bevosita mazkur saytdan javob oliş mumkin. Buning uçun, saytda joylaştirilgan elektron şaklni töldiriş va jönatiş kifoya qiladi.











