Ukraina vazirlar mahkamasi 21 dekabrdagi yiğilişda Maksim Stepanovni Odessa viloyati gubernatori qilib tayinladi.

20 dekabrda Ukrainaning davlat xizmati masalalari böyiça milliy agentligi "Ukraina" matbaa kombinatining direktori Stepanov Odessa viloyati gubernatori lavozimiga ötkazilgan tanlovni yutganini ma'lum qilgandi. Uşbu lavozim uni 9 noyabrda Mixail Saakaşvili tark etgandan keyin böş qolayotgandi.

Stepanov yangi lavozimini egallaşi uçun Ukraina prezidenti bu haqda tegişli farmon çiqarişi kerak. 

Stepanov avval Odessa viloyati gubernatori birinçi örinbosari bölib işlagan.