AQŞ armiyasi insoniyatning butun tarixidagi eng kuçli va ta'minlangan armiya hisoblanadi, deb aytdi AQŞ Davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi. U bu haqda matbuot-anjumanda aytib ötdi.

Kirbi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rossiya armiyasi ayni vaqtda istalgan potensial agressordan kuçliroq hisoblanişi haqidagi sözlariga şu tariqa javob berdi. Şu bilan Kirbi jurnalistning savoliga javob bera turib, Rossiya qurolli kuçlarining Suriyadagi harakatlari Rossiya armiyasini eng ilğor deb ataşga imkon berişiga şubha bildirdi. 

"Men bunday hisoblamayman. Insoniyat tarixida AQŞ armiyasinikidan qodirroq, bilimliroq, kuçliroq, yaxşi rahbariyatga egaroq va ta'minlanganroq armiya bölgan, deb öylamayman", deb öz sözlarini yakunladi Kirbi.