Ukraina Qurolli kuçlari (UQK) Rossiya armiyasining qarşi hujumi faollaşgani fonida Kursk oblastidagi pozitsiyalarini qöldan boy berişni boşladi, deb yozadi (https://www.moscowtimes.ru/2024/10/15/rossiiskaya-armiya-vkurskoi-oblasti-otvoevala-chetvert-poteryannih-territorii-a144921) Newsweek. Naşr frontdagi vaziyatni kuzatib boradigan oçiq manbalardagi ma’lumotlarni tahlil qilib, şunday xulosaga kelgan.
Ukrainaning OSINT loyihasi jangovar harakatlar xaritasini e’lon qilgan, undan ma’lum böladiki, oktyabr boşidan beri Rossiya qöşinlari Kursk oblastida 120 kvadrat kilometr maydonni egallaşga muvaffaq bölgan. Jumladan, ularning 65 kvadrat kilometri oxirgi dam oliş kunlari qölga kiritilgan. Ayni vaqtda UQK 660 kvadrat kilometrga yaqin maydonni nazorat qilmoqda, yana 360 kvadrat kilometr kulrang zonaga kiradi. Tahlilçilarning ma’lumotlariga köra, Kursk oblastiga amalga oşirilgan hujumning eng yuqori nuqtasi vaqtida ukrain kuçlari 900 kvadrat kilometr maydonni egallagan.
Rossiyalik harbiylar asosan Korenevskiy rayonida muvaffaqiyatga erişgan. «Ikki mayor» Z-kanalining yozişiça, ular Tolstoy Lug va Novoivanovkani ham egallagan. RF Mudofaa vazirligiga yaqin manbaga köra, armiya Olgovka, Lyubimovka, Zeleniy Şlyax, Nijniy Klin posyolkalari ustidan nazoratni qaytarib olgan. Bundan taşqari, rus harbiylari Lyubimovka rayonida UQKni qurşab olgan.
DeepState uşbu aholi punktlari, şuningek, Zelyoniy Şlyax va Novoivanovka qöldan çiqqanini tan oldi. Şu bilan birga, yuqorida qayd etilgan qolgan posyolkalar hamon Ukraina nazorati ostida ekani ta’kidlandi. «Hromadske radio» efirida tahlilçi va loyiha asosçilaridan biri Roman Pogoreliy Kursk oblastidagi vaziyatni murakkab deb atadi. Uning sözlariga köra, Rossiya u yerga köplab texnikalarga ega 50 mingga yaqin harbiysini yuborgan va hozirda zaxiralarini jangga kiritgan.
Pogoreliyning qöşimça qilişiça, ukrian harbiylariga radioelektron kuraş vositalari yetişmayapti. Hozirda eng qaqşatkiç janglar egallab olingan hududning ğarbiy qanotida ketmoqda, ammo şarqiy qismda sezilarli özgarişlar bor. Rossiya armiyasi u yerda Spalnoye va Borki qişloqlarini tortib olgan va UQKni Plexovodan quvib çiqarişni boşlagan.
Bild eksperti Yulian Repkening prognozlariga köra, yaqin vaqt içida Sudja uçun janglar boşlanadi. Uning aytişiça, hozirça «ukrainlar u yerda qança turib bera olişi, mudofaani qançalik yaxşi tiklaganini» aytiş qiyin, ammo vaziyat şundayki, rossiyaliklar «sekin-asta öz çegaralari tomon qayta harakatlanib, UQKni siqib çiqarmoqda».
11 oktyabr kuni Çeçenistonning «Axmat» maxsus kuçlari qömondoni Apti Alaudinov «Komsomolskaya pravda» gazetasiga bergan intervyusida Rossiya Federatsiyasi allaqaçon Kursk oblastida 15 aholi punktidan ukrainalik harbiylarni siqib çiqarganini aytgandi.













