Rossiya hukumati Ukrainaga qarşi davom etayotgan uruş xarajatlarini qoplaş uçun armiya budjetini yana keskin oşirişga tayyorgarlik körmoqda. Hozirga qadar uruşga ketgan mablağlar rossiyalik soliq tölovçilarga 22 trillion sömga tuşgan.

Bloomberğning yozişiça, 2025 yilda Rossiya federal ğaznasi «milliy mudofaa» uçun 13,2 trillion rubl (142 milliard dollar) ajratadi. 2024 yil bilan taqqoslaganda harbiy xarajatlar 22 foizga, 2023 yilga nisbatan ikki barobarga, 2021 yil bilan soliştirganda esa qariyb tört barobarga oşmoqda. Mamlakatda harbiy budjet YaIMning 6,2 foizini taşkil etadi — bu Afrikadagi harbiy diktaturalar darajasidir (Janubiy Sudanda YaIMning 6,3 foiziga teng).

Qayd etilişiça, budjetdagi har uç rubldan biri — 12,9 trillion rubl maxfiy qarorlar orqali sarflanadi. Umumiy hisobda bunday xarajatlar ötgan yilga nisbatan 16 foizga oşmoqda.

Bundan taşqari, hukumat yana 3,5 trillion rublni politsiya, «Rosgvardiya» Tergov qömitasi, maxsus xizmatlar va boşqa kuç tuzilmalari budjetini himoya qiluvçi «milliy xavfsizlik» bandi orqali sarflaydi.

Rossiya hukumati soğliqni saqlaş uçun yönaltiriladigan budjet xarajatlarini joriy yilgi holatda uşlab qolmoqçi — 1,6 trillion rubl, aholining ijtimoiy qöllab-quvvatlovi, jumladan, pensiya va nafaqalar — sezilarli darajada qisqaradi. 2025 yilda uşbu maqsadlar uçun 6,8 trillion rubl ajratiladi — bu 2024 yilga nisbatan 700 milliard rublga kam demak.

Budjet loyihasiga köra, ta’lim xarajatlari biroz oşadi — 1,5 trillion rublda, 1,6 trillionga qadar. Sezilarli ösiş — 10 foizga yoki 400 milliard rubl — hukumat rejasiga muvofiq, «milliy iqtisodiyot» bandi böyiça megaloyihalar va davlat korporatsiyalariga yordam uçun ajratiladi.

Harbiy budjetni barqarorlaştiriş uçun hukumat soliqlarni oşirişga majbur böladi: 2025 yildan boşlab Rossiyada jismoniy şaxslar daromadi uçun progressiv soliq şkalasi işga tuşiriladi, şuningdek, biznes daromadidan olinadigan soliq miqdori oşadi. Moliya vazirligi hisob-kitoblariga köra, bu ğaznaga qöşimça 2,6 trillion rubl olib keladi.