Rossiyaning “Megafon” kompaniyasi direktorlar kengaşi Mail.ru Group nazorat paketini xarid qilmoqda. Kelişuv qiymati 740 million dollarga baholangan, deb aytiladi “Megafon” xabarida.

Rejalaştirilgan bitim şartlariga köra, “MegaFon” Mail.Ru Group kapitalidagi 11,5 million A sinfidagi aksiyalarni va 21,9 million oddiy aksiyalarni xarid qilmoqda. Ular ayni damda USM guruhi kompaniyalariga tegişli bölib, Mail.Ru Group’ning 63,8 foiz aksiyalarini taşkil etadi.

Xabarlarga köra, “Megafon” bu aksiyalarni USM tarkibiga kiruvçi New Media and Technology Investment LP, New Media Technologies Capital Partners Limited va Ardoe Finance Limited’dan sotib olmoqda. 

Xabarda ta'kidlanişiça, kelişuvdan maqsad – har ikki kompaniya xizmatlari va “Megafon” raqamli xizmatini taklif etiş usullarini kengaytiriş, “VKontakte” ijtimoiy tarmoği foydalanuvçilari uçun Vkmobile’ni işga tuşiriş hamda bir qator boşqa ehtimoliy taşabbuslardan iborat.

“Megafon” direktorlar kengaşi kelişuvni tasdiqlaş uçun 2017 yilning 20 yanvar kuni aksiyadorlarning navbatdan taşqari yiğilişini çaqirdi. 

Eslatib ötamiz, asli kelib çiqiş özbekistonlik bölgan rossiyalik işbilarmon Alişer Usmonov “Megafon” hamda Mail.Ru Group kompaniyalariga egalik qiladi.