Xitoyning Xarbin şahrida 34-marotaba ötkazilayotgan, qordan yasaladigan skulpturalar körgazmasida 34 metrlik ulkan qorbobo yasaldi. Bu haqda UPI axborot agentligi xabar bermoqda.
Tadbirdan olingan videoda qordan yasalgan ajdarho, qasr, ulkan qor parçasi va bir neça minoralarni köriş mumkin. Bu antiqa skulpturalarni yaratiş uçun 120 ming kub metr qor talab etilgan.
17 dekabrda Xitoyning Çançun şahrida fransiyalik rassom Nikolay Popov tomonidan şokoladdan yaratilgan 700 ga yaqin skulptura taqdim qilingandi. Ular orasida şokoladdan yasalgan budda va terrakot armiyasining kiçik nusxasi ham bölgan.














