AQŞ davlat kotibi Jon Kerrining fikriça, mamlakat hukumatining Suriya mojarosiga siyosiy yöl bilan barham beriş böyiça diplomatik çoralari foyda bermagan. Bu esa, uni hayron qoldirmoqda, deya bayonot bergan davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi.
"Agar siz davlat kotibidan bu haqda sörasangiz, u bizning Suriyada qayerda ekanimizdan hayron ekanini aytadi. U, bizning siyosiy ötişga erişiş hamda suriyaliklarning ovozi e'tiborga olinadigan, yagona, yanada xavfsiz va yaxşiroq Suriyani barpo etiş böyiça diplomatik sa'y-harakatlarimiz iş bermaganini aytadi", — degan Kirbi matbuot brifingida.
Şu bilan birga, Kirbining qayd etişiça, Kerri kelayotgan haftalarda uşbu yönalişdagi harakatlarini davom ettiradi.
AQŞning amaldagi ma'muriyati 20 yanvar kuni öz vakolatini Donald Tramp yetakçiligidagi yangi hukumatga topşiradi.












