Ilon Mask özining xAI sun’iy intellekt kompaniyasi Grokipediya loyihasi ustida işlayotganini ma’lum qildi - bu yangi bilim platformasi bölib, buni Vikipediyaga nisbatan «sezilarli yaxşilaniş» deb atadi.

Mask sözlariga köra, Grokipediya xAI kompaniyasining yanada ulkan vazifasi - «koinotni idrok qiliş»ning bir qismiga aylanişi kerak. Uning fikriça, yangi platforma manbalarga kengroq kiriş va erkin axborot almaşinuvini ta’minlaydi.

Maskning fikriça, maqolalarni jamoaviy tahrirlaş va foydalanuvçilar tomonidan tekşiriş tamoyili asosida işlaydigan Vikipediya «siyosiy tarafkaş». Uning ta’kidlaşiça, ensiklopediya obektiv emas va «söl siyosiy yönalişga ega».

Avvalroq Grok çatboti antisemit bayonotlari tufayli janjal markazida bölgan edi, bölğusi ensiklopediya aynan uning nomidan ilhomlangan. Maskning kompaniyasi bunga dasturlaşdagi xato sabab bölganini ma’lum qildi.

Şuningdek, foydalanuvçilar bot Maskning qaraşlarini aks ettirişini va bahsli masalalar böyiça köpinça avval u nima deganini «aniqlaştirişini» bir neça bor ta’kidlagan. Maskning özi vaqti-vaqti bilan Grok javoblaridan norozi böladi va uni töğri xulosa çiqarişi uçun «sozlab qöyişga» va’da beradi.