2016 yilning 20 dekabridan AQŞning soliq va çegara xizmati mamlakatga vaqtinçalik taşrif buyurgan fuqarolardan sayohatlarni avtorizatsiyalaş elektron tizimi şaklini (ESTA) töldirişda "internetda mavjudlik bilan boğliq ma'lumot" qoldiriş söramoqda. Politico naşri şu haqida xabar berdi. 

Yangi qoidalar faqat mamlakatga vizasiz kelayotgan fuqarolarga taalluqli. Manbada aytilişiça, 19 dekabrda hukumat hujjat şaklini töldirişga kiritilgan yangi özgarişlarni tasdiqlagan. Hujjatning yangi satrida xorij fuqarolariga ijtimoiy tarmoqlar va internet servislardagi (VKontakte, Facebook, Twitter, Instagram, LinkedIn, YouTube va Google+) akkauntlarini körsatib ötiş taklifi beriladi. 

Bunday özgarişlar AQŞ hukumatining "potensial tahdidlarni aniqlaş"ni osonlaştiriş harakatlari bilan izohlanmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lumotlar IŞID kabi turli terrorçi guruhlar vakillarini öz vaqtida aniqlab, ularning mamlakatga kirişiga yöl qöymaslikka yordam beradi. 

Şuni ta'kidlaş joizki, ESTA'ning mazkur satrini töldiriş majburiy emas.