2016 yilning 11 oyida butun dunyoda umumiy hisobda 84,5 mln ta avtomobil sotilgan, deb xabar bermoqda "Avtostat".

Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 4,8 foizga köproq bölgan. Noyabrda maşinalarga talab 8,7 foizga oşgan.

Noyabrda avtomobillar eng köp Xitoyda sotilgan – 2 mln 915 ta avtomobil. Bu ötgan yil noyabrdagidan 15,6 foiz köproqni taşkil qilgan. 2-örinni AQŞ egallagan (1 mln 377 ming, 4,6 foiz köproq). Ğarbiy Yevropa bozorida 1 mln 241 ming avtomobil sotilgan (5,4 foiz).  

Şuningdek, Yaponiyada 413,4 ming (+7,3 foiz), Janubiy Amerikada 229,6 ming (-3,4 foiz), Janubiy Koreyada 161,9 ming (-0,4 foiz) va Kanadada 160,6 ming (+10,4 foiz) avtomobil sotilgan.