BMTning amaldagi boş kotibi va Janubiy Koreyaning sobiq taşqi işlar vaziri Pan Gi Mun pora olişda ayblandi. Bu haqda 24 dekabrda Sisa Journal naşri jurnalistik tergovi natijalariga köra çop etilgan maqolada aytilgan.
Maqolada aytilişiça, Pan Gi Mun tadbirkor Pak Yon Çxadan "sovğa" sifatida umumiy hisobda 230 ming dollar olgan. Tadbirkor BMT boş kotibiga dastlab 2005 yil 3 mayda 200 ming dollar bergan. Bu öşanda taşqi işlar vaziri lavozimini egallagan Pan Gi Mun Seulga taşrif bilan kelgan vetnamlik hamkasbi bilan muzokaralar ötkazgandan keyin yuz bergan.
Naşrning ta'kidlaşiça, öşanda Vetnamning Janubiy Koreyadagi faxriy konsuli bölgan Pak pullarni sport sumkasida olib kelgan. 2007 yilda tadbirkor BMT boş kotibiga yana 30 ming dollar bergan.
BMT boş kotibi ham, tadbirkor ham bu ayblovlar haqiqatga mos kelmasligini aytişdi. BMT boş kotibi ularni böhton deb atab, jurnal ustidan sudga şikoyat qilişini aytdi.












