"Formula-1" avtopoygalarining 7 karra çempioni, afsonaviy Mixael Şumaxerning 17 yoşli öğli Mik Şumaxer "Formula-3" jamoasi bilan şartnoma imzoladi.

Mik "Prema" jamoasi uçun iştirok etadi. Mik avval şu jamoa uçun "Formula-4"da iştirok etgan hamda Italiya va Germaniya seriyalarida 2-örin egallagan. Endi esa u professional pillapoyada bir qadamga kötarildi hamda "Formula-1"da iştirok etiş orzusiga yana bir qadamga yaqinlaşdi. 

Mik Şumaxerning menejyeri otasining menejyeri Sabina Kem hisoblanadi. Katta Şumaxer çanği uçayotganda boşidan olgan oğir jarohati sababli ançadan beri soğliğini tiklamoqda. 

Köpçilik mutaxassislar Mikni otasiga qiyoslaşadi. Mik uning orzusi otasi kabi "Formula-1"da ğolib böliş ekanligini aytadi. Bunda esa unga 2016 yilgi poyga çempioni bölgan Niko Rosberg namuna bölişi mumkin: 1982 yilda uning otasi Keke Rosberg "Formula-1" ğolibi bölgan.