Suriyaning Halab şahrida bir neça önlab, qiynoqlarga solingan odamlar va qasos sifatida öldirilgan suriyaliklar dafn qilingan ommaviy qabrlar topilgan. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konaşenkov bayonot bergan.

"Köpçiligida tana a'zolari yöq, ayrimlarining boşiga öq uzilgan. Va bu körinişidan boşlanişi", — degan Konaşenkov. 

Konaşenkovning qayd etişiça, uşbu holatlarning barçasi terrorçilarning oğir harbiy jinoyatlari sifatida hujjatlaştirilmoqda va yaqin orada ommaga oşkor qilinadi. "Muxolifatçilarning London va Parijdagi homiylari özlarining qaramoğidagilar aslida kim ekanini yaxşi bilib olişadi hamda ularning vahşiyliklari uçun oz bölsa-da mas'uliyatni his qilişardi".

"Şarqiy Halabda topişning iloji bölmayotganlar, bular "Oq kaskalilar"ning "köngilli-qutqaruvçilari"dir", — deb qayd etgan Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili. 

Konaşenkovning ma'lum qilişiça, şaharda 7ta öq-dorilar omborxonasi, uçta tank, ikkita zambarak hamda ikkita reaktiv öt oçiş tizimi aniqlangan. Halab şahri köçalari, binolarga kiriş qismi, avtomobillar va hatto bolalar öyinçoqlari ham minalaştirilgan. 

"Oq kaskalilar" — Suriyaning nohukumat taşkiloti bölib, Rossiyaning uqdirişiça, "Jabhat an-Nusra"ga yaqin hisoblanadi va Britaniya hukumati tomonidan moliyalaştiriladi.