Xitoyda, mamlakatdagi "madaniy inqilob" davrida Mao Tszedun şarafiga barpo etilgan 180 ga yaqin yodgorlik aniqlandi. Bu yodgorliklar Xitoy Kommunistik partiyasi dohiysining tavalludiga 123 yil bölişi munosabati bilan hisoblab çiqilgan, deb yozmoqda Global Times naşri.

26 dekabrda Mao Tszedun tavalludiga 123 yil töladi. Mamlakatning köplab fuqarolari uning xotirasini yodga oliş uçun yodgorliklarni ziyorat qiladi. Ularning aksariyati keksa yoşli kişilardir. Mahalliy OAV yozişiça, şu munosabat bilan ön minglab xitoyliklar Maoning vatani –Xunan viloyatidagi Şaoşan qişloğiga yöl olişgan. 

1967 yili Tsinxua universitetidagi xunveybinlar Mao Tszedunga ulkan haykal örnatişgan, şundan söng, mamlakat böylab ommaviy ravişda Mao haykallarini işlab çiqariş boşlangan edi. Öşa vaqtda bu borada maxsus stantdart joriy qilingan bölib, haykal balandligi 7,1 metrni (Xitoy kompartiyasi taşkil etilgan sana – 1921 yil 1 iyul), umumiy balanligi 12,26 metrni (Mao tuğilgan oy va kun) taşkil etişi hamda öng qölini kötarib turgan yoki ikki qöliga ortida bölgan şaklda aks ettirilişi lozim edi. 

Bu talvasa 1969 yil iyun oyida barham topa boşladi. Öşanda, Moa obrazini köklarga kötarişga barham beriş körsatmasi berilgan edi, deb yozadi Global Times. Öşa vaqtdagi hisob-kitoblarga köra, 1967-1969 yillarda Xitoy böylab 2 mingdan ortiq Mao Tszedun haykali örnatilgan. 

1980 yilda Xitoy rahbariyati şaxsga siğiniş böyiça körsatmani e'lon qildi. Şundan beri, köplab yodgorliklar olib taşlandi, şu jumladan, Tsinxua Universiteti kampusidagi ham. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, bugungi kunda Xitoyda Mao Tszedunga bağişlab örnatilgan 180ta yodgorlik saqlanib qolgan. Ularning ayrimlari madaniy yodgorlik sifatida e'tirof etilgan. 

1993 yili dohiy tavalludining 100 yilligi munosabati bilan mamlakatda yana Mao haykalçiligi avj ola boşladi. Ammo, endi bu haykallar pul topiş manbasiga aylangan edi. Naşrning yozişiça, Mao haykallariga munosabatning özgarişidan ham Xitoy jamiyatidagi jarayonlarni bilib olsa böladi. 

2008 yilda Çuntsin Tibbiyot universitetida Maoning 37,4 metrlik 46 tonna keladigan ulkan haykali örnatildi, deb yozadi gazeta. Ayrim ma'lumotlarga köra, bu Xitoydagi eng yirik yodgorlik bölib, uning qiymati 5 million yuan (720 ming dollar)ga baholangan.

Şunga qaramay, hozirgi vaqtda Mao haykallari Xitoyning atigi bir neçta universitetlarida saqlanib qolgan. Biroq, uning ta'limotlari Xitoy öquv yurtlarida majburiy fanlar hisoblanadi.