Germaniyaning BMW kompaniyasi 2017 yilda i8 gibrid kupesini restayling va modernizatsiya qiladi. Bu haqda, öz manbasiga asoslangan holda BMW Blog xabar qilmoqda.

Taxminlarga köra, yangilangan modelda Formula Ye çempionatida qatnaşgan elektr bolidning xavfsizlik tizimi qöllaniladi. Aslida, öşa poyga maşinasi ham i8 negizida barpo qilingan. 1,5 litrlik, uç silindrli içki yonuv dvigateli hamda elektromotordan iborat agregat 362dan 377 ot kuçigaça kuçayadi. 

Hozirça, ot kuçining ortişi uning dinamikasiga qançalik ta'sir qilişi noma'lum. BMW i8 joyidan «yuz»ga 4,4 soniyada erişa oladi, uning eng yuqori tezligi soatiga 250 kilometrga yetganida elektronika bilan çeklanadi. 

Bundan taşqari, kupega litiy-ionli akkumulyatorlarning modernizatsiya qilingan töplami örnatiladi. Uning hajmi 7,1dan 10 kilovatt-soatgaça ortadi. Ammo, bu uning harakatlaniş masofasini qançalik uzaytirişi ham ma'lum qilinmagan. Va nihoyat, BMW i8 takomillaşgan podveskaga ega böladi.